Bugun biz uchun ulug‘ va aziz bo‘lgan bayram: 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun va O‘zbek tili bayrami kuni! Shu munosabat bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi universitet rektori Sherzodxon Tojiddinovich Qudratxo‘jayev boshchiligida Adiblar Xiyoboniga kelib, buyuk adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov haykali poyiga gul qo‘ydi.
Qolaversa, universitetimizning doimiy mehmoni, iqtidorli jurnalist va yozuvchi Xurshid Do'stmuhammad o'zining zamondoshi, Ozod Sharafiddinov haqida biz bilmagan qiziqarli ma’lumotlar bilan ulashdi. Talabalar Ozod Sharafiddinovning ochilmagan qirralarini kashf etishdi!
E’tiboringizga bugungi marosimdan fotolavhani taqdim etamiz!