O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziyev tashabbusi bilan "Sharhlovchilar maktabi" ish boshladi.
Kecha O‘zbekistondagi sharhlovchilar orasida o‘z maktabiga va tajribaga ega bo‘lgan sport sharhlovchilari Xayrulla Hamidov, Davron Fayziyev, Diyor Imomxo‘jayevlar birinchi mehmonlarimizdan bo‘lishdi.
Uchrashuv majburiy tadbirlardan farqli ravishda o‘tdi. Ya‘ni sportga, ayniqsa futbolga qiziqadigan talabalar soni ortib ketdi. Va bu uchrashuv sharhlovchilarga biroz qiyinchilik tug‘dirsada talabalar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Savollar bisyor, talabalar ko‘p bo‘ldi. Savollariga javob olganlari ham bo‘ldi, javob ola olmaganlari ham. Ammo tajriba va amaliyotdan keltirilgan fikrlar ancha foydali bo‘ldi deb aytishimiz mumkin. Sport, sport jurnalistikasi, sharhlovchilar mahorati, O‘zbekistondagi futbol mavzusida berilgan savollarga mehmonlar harizma bilan birin ketin javob berishdi. Yosh va hali tajribaga ega bo‘lmagan talabalar esa katta zavq bilan ularni tinglashdi.
Ha aytgancha, futbolga qiziqadigan talabalarni Diyor Imomxo‘jayev PFL ga ish jarayonlarini kuzatishga, Davron Fayziyev esa haqiqatdan ham futbolni sevadigan bir nafar talabani amaliyot o‘tash uchun UFA ga taklif etdilar. Bu talabalar uchun ayni muddao bo‘ldi.
Xullas, uchrashuv juda qiziq va esda qolarli bo‘ldi.
Uchrashuv so‘nggida talabalarimiz mehmonlar bilan rasmga tushishni ham esdan chiqarishmadi.