O‘qilishi kerak bo‘lgan asarlar! Menimcha o‘zini hurmat qilgan odam (talaba ham) hayoti davomida quyidagi kitoblarni o‘qishi kerak.
Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani, Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar” qissalari, “Otamdan qolgan dalalar” romani, Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romani, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” romani, G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi, Murod Muhammad Do‘stning “Lolazar” romani, Abduqayum Yo‘ldoshning “Puankare” hikoyasi.
Lev Tolstoyning “Anna Karenina”, “Urush va tinchlik” romanlari, Fyodor Dostoevskiy “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “Aka-uka Karamazovlar” romanlari, Erix Mariya Remarkning “Uch og‘ayni” romani, Markes “Yolg‘izlikning yuz yili” romani, “Oshqora qotillik qissasi” qissasi, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, “Ityurak” romanlari, Nodar Dumbadzening “Abadiyat qonuni” romani, “Hellados” hikoyasi, Alber Kamyuning “Begona” qissasi, “Vabo” romani, Frants Kafkaning “Jarayon” romani, “Evrilish” hikoyasi.
O‘tkan safar mendan tavsiya so‘ragan talabalarimizga javobim va maslagim, xo‘sh kim nima o‘qigani bilan maqtana oladi?)