O‘zJOKUda “SMA UMID” xayriya fondining ilk kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Fond davolanishi va namoyon bo‘lishi jihatidan murakkab, mamlakatimiz tibbiyoti uchun yangilik bo‘lgan Spinal mushak atrofiyasi (SMA) bilan kasallangan bolalar va ularning ota-onalariga moddiy va ma'naviy ko‘mak berish maqsadida o‘z farzandlarida kasallik kuzatilgan – Nig‘matilla Yunusov va Sherzod Rahmonov tomonidan tashkil etilgan. Bugungi yig‘ilishda fond yurituvchisi va yuzi sifatida O‘zMMA Boshqaruv raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja tayinlandi.
Yig‘ilish davomida shifokorlar tomonidan jurnalistlarga kasallik haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbirda kasallik bilan og‘rigan bolalar va ularning ota-onalari ham ishtirok etib, kasallikdan davolanishdagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdilar.