Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori - Sherzodxon QUDRATXO‘JA universitet talabalari uchun ochiq ma‘ruzada qatnashdi. Tinglovchilarning aksariyati “Siyosatshunoslik” yo‘nalishi talabalari edi.
Ma’ruza davomida Sherzodxon QUDRATXO‘JA globallashuv sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratib, katta miqdordagi moliyaviy resurslarni safarbar qilish imkoniyatini yaratayotganini, bu esa bozorlarning ko‘payib borishi davrida kengroq moliyaviy vositadan foydalanishga imkon berishini ta’kidladi.
Ma’ruzachi globallashuvning salbiy jihatlari haqida gapirar ekan, globallashuv milliy davlatlarning yo‘q bo‘lib ketishiga, yagona jahon hukumati tuzilishiga olib kelishini ta’kidladi; rivojlangan mamlakatlar va uchinchi dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi farq chuqurlashadi; axborot jamiyatining iqtisodiy resurslari – ta’lim va farovonlik hamma joyda bo‘lmaydi, balki bir necha kishining qo‘lida to‘planib, bandlik va daromad darajasidagi farqni oshiradi; tashqi savdo va eksport bilan bog‘liq sohalar foyda keltiradi; xomashyo eksportiga yo‘naltirilgan mamlakatlarning G‘arbning xomashyo qo‘shimchasiga yoki uning abadiy qarzdoriga aylanish xavfi mavjud.
Globallashuv muammolari va uning xalqaro munosabatlarning individual sub’ektiga ta’siri mavzusidagi ma’ruzani yakunlar ekan, globallashuv jarayonidan kamchiliklarga qaraganda birmuncha ko‘proq afzalliklar borligi ta’kidlandi.
Globallashuvdan yashirinib bo‘lmaydi. Global jarayonlar mahalliy jarayonlardan ustun turadi. Shuning uchun, siz hayotingizga biror narsa kiritmasdan oldin, siz olgan ma’lumotlarga nisbatan ko‘proq ehtiyot bo‘lishingiz va tekshirishingiz kerak.
O‘zJOKU matbuot xizmati