19.12.2022 950

Shoira Zulfiya Mo‘minova bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi

— Faqat kunduzgi ta’limda o‘qiydiganlargami?
— Yo‘q!

Ayolga gul bering... ushbu satrlar muallifi O‘zJOKUda mehmon bo‘ldi.

Kecha, 19-dekabr kuni sirtqi hamda kechki ta’limda tahsil oluvchi talabalar va shoira Zulfiya Mo‘minova bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Shoira uchrashuv boshlanmasdan oldin talabalarning ijodga qiziqishi, qaysi yo‘nalishda o‘qishlarini va ish faoliyatlari bilan fikrlashdi. Ko‘p talabalar bilan tanish ekanligini xotiralari orqali shoira esladi.

Shoira ilk she’rining yozilishi tarixini yodga olar ekan. Uning birinchi muxlisi akasi bo‘lganligi aytdi.

Ijodiy uchrashuv yorqin xotiralarga boy bo‘ldi.

Bo'lishmoq: