26.04.2022 342

Shoirni eslab

O‘lsa o‘zi o‘lar
So‘zi o‘lmaydi,
Hamisha barhayot nasl shoirlar.
Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi,
Yurakka ko‘milar asl shoirlar.
Yo‘qsa yo‘qlamoqni o‘rgating menga,
Cho‘lponni go‘rini ko‘rsating menga.

Muhammad Yusuf

Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusufning o‘lmas satrlari, qo‘shiqqa aylanib qalblarga kirgan she’rlari, uning boladek beg’ubor shoir qalbidan yangragan ovozi va dunyolarga sig‘may qog‘ozlardan joy olgan inja ijod mahsullarini hech bir o‘zbek unutmaydi!

Bo'lishmoq: