Ochiq osmon, toza havo, iliq harorat va qizg‘in suhbat. Bugun naq 4 soat davom etgan universitet rektorining sirtqi bo‘limi talabalari bilan uchrashuvidagi xulosalar.
Sirtqi bo‘limda o‘qiyotgan talabalarga dastlab, 5 yillik universitet tarixi haqida gapirib berildi. Davlatlar tuzilishi, yaqin o‘tmishdagi mamlakatimizda mavjud bo‘lgan xonliklarning parokandalikka yuz tutilishi sabablari faktlar orqali tinglovchilarga yetkazildi.
Ushbu bo‘lim talabalarining ko‘pchligi amaliyot bo‘yicha murojaat qilishdi. Ko‘plarining murojaatlari shu vaqtning o‘zida hal qilindi. “Mening yurtim” va “Renessans” telekanaliga amaliyot olishlari uchun yordam berildi. Notiqliq san’ati bo‘yicha darslarning kelgusi semestrda o‘tilishi yuzasidan berilgan murojaat ijobiy tomonga hal qilindi.