08.04.2021 711

Sirtqi ta’lim bo‘limi talabalari eng yosh gazeta faoliyati bilan tanishishdi

Bugun ijtimoiy tarmoq rivojlangan, axborot oqimi tezlashgan pallada bosma nashrlar biroz inqiroz yoqasiga kelib qoldi, degan gaplar kunda-kunora quloqqa chalinadi.

Lekin shunday davrda O‘zbekiston matbuotida yana bir nashr dunyo yuzini ko‘rdi. Rivojlanayotgan, uchinchi renessans poydevori yaratilayotgan Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbusi bilan 2020-yilda “Yangi O‘zbekiston” gazetasi tashkil etildi. Bugun qariyb 80 ming nusxada chop etilayotgan ushbu gazeta hozirda o‘z mushtariylariga ega bo‘lib, gazetxonlar qo‘lida qo‘lma-qo‘l bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti Sirtqi bo‘lim Bosma OAV jurnalistikasi yo‘nalishi 3-kurs talabalari “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyatida bo‘lib, ijodiy jarayonlar bilan tanishdilar.

Tahririyat bosh muharriri Salim Doniyorov qizg‘in va maroqli suhbatda yosh jurnalistlarni ko‘p kitob o‘qishi, doimo izlanishda bo‘lishi va o‘z ustida tinimsiz ishlashi kerakligini ta’kidladi.

Talabalar tahririyatda gazetaning tayyorlanish jarayoni, maqolalar tahriri, viloyat muxbirlari bilan ishlash kabi tahririyatning tizimli ish tashkil etish jarayonlari bilan tanishdilar.

Shohsulton To‘xtamatov,

O‘zJOKU sirtqi bo‘lim talabasi

Bo'lishmoq: