17.10.2020 1015

Sirtqi ta’lim shalki talabalari O‘zJOKUda

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti sirtqi ta’lim shaklining "Bosma OAV", "Teleradiojurnalistika" va "Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar" yo'nalishlariga qabul qilingan talabalar ilk bor universitetga talaba sifatida kelishdi. Universitet ma’muriyati va taklif etilgan mehmonlar, O‘zbekistonning taniqli jurnalistlari, siyosiy sharhlovchi va boshlovchilari barchani yangi o‘quv yili bilan qutlab, muvaffaqiyatlar tilab qolishdi.
Bilamiz. ko‘pincha sirtqi ta’lim shaklida jurnalistika sohasida tajriba va ishiga ega talabalar tahsil olishadi. Shunga qaramasdan, jurnalist doim o‘z ustida ishlashi va yangi cho‘qqilarni zabt etishi kerakligi mehmonlar tomonidan ko‘p marotaba aytilib o‘tildi. Tantanali tadbir yakunlangach, talabalar universitet bilan yaqindan tanishish uchun o‘z xonalari tomon yo‘l olishdi.
Bo'lishmoq: