16.10.2019 3755

Siz muvaffaqiyatga erishishni istaysizmi?

Siz muvaffaqiyatga erishishni, shaxsiy biznesingizni yo'lga qo'yishni, insonlarga foyda keltirishni istaysizmi?
Ammo, o'z rejalaringizni amalga oshirish uchun nimadan boshlash kerakligini bilmay bosh qotiryapsizmi?

Buning uchun muvaffaqiyatga erishgan insonlarning hayot yo'llari hamda tajribalarini o'rganish o'z imkoniyatlaringizni to'g'ri baholash va maqsad sari olg'a qadam bosishga yordam beradi.

Bugun, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga yosh bo'lishiga qaramay, bir nechta muvaffaqiyatli marketing va ta'limga oid loyihalarning asoschisi Jahongir Pulatov tashrif buyurdi.

Jahongir Pulatov o'zining oson bo'lmagan yo'li, maqsadlar va ularga erishish usullari haqida tabalar bilan o'rtoqlashdi!

Bu kabi uchrashuvlar yosh avlod vakillarini yanada ruhlantiradi va ularda o'ziga bo'lgan ishonch oshib boradi!

Muallif: Rushana Aliakbarova
Fotograf: Doniyor Shog'ulomov

Bo'lishmoq: