27.10.2022 406

“Sog‘lom turmush tarzi va unga rioya qilish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zJOKUda Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan “Sog‘lom turmush tarzi va unga rioya qilish” mavzusida O‘zJOKU shifokori Nigora Datjanova bilan talaba qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida shifokor qizlarga salomatlik va go‘zallik sirlari haqida maslahat hamda tavsiyalar berdi. Shuningdek, O‘zJOKU Xotin-qizlar maslahatchilari Nafisa Tursunova, Rohila Qo‘ziboyeva, Barno Bo‘ronovalar talaba qizlarga kiyinish madaniyati, odob-axloq, yotoqxona qonun-qoidalariga rioya qilish, shaxsiy gigiyena, xotin-qizlar maslahat kengashining oylik ma’naviy-ma’rifiy tadbirlaridan ko‘zlangan maqsad haqida ma’lumotlar berishdi. 

Universitet shifokori tomonidan qizlar uchun hamshiralik to‘garagini ochish haqidagi fikrini hamma qo‘llab-quvvatladi. Bosma OAV va noshirlik ishi, axborot xizmati xamda Xalqaro jurnalistika fakulyeti qizlarining tashabbusi bilan Universitet miqyosida, yotoqxonada “Zukko Qizlar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish taklifi berildi.

Bo'lishmoq: