28.10.2022 319

“SO‘Z” xalqaro forumi ishtirokchilari O‘zJOKUda mehmon bo‘lishdi

O‘zbekistonda zamonaviy jurnalistikaning dolzarb muammolarini muhokama etish va bu borada xalqaro ekspertlar tajribasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilayotgan “SO‘Z” xalqaro forumida Rossiya, Turkiya, Xitoy, Tojikiston, Qirg‘iziston, Isroil, Yaponiya, Koreya davlatlaridan 10 ga yaqin xalqaro ekspertlar, O‘zbekiston media olami vakillari, nodavlat tele va radiokanallar rahbarlari ishtirok etishdi.

Forumda ishtirok uchun tashrif buyurgan Rossiyalik ekspertlar — Moskva Davlat universitetining Jurnalistika fakulteti dekani o‘rinbosari Olga Smirnova va “Leningrad” televideniyasi bosh direktori Oleg Viktorovich Chernix hamda bir guruh xalqaro mutaxassislar O‘zJOKUda mehmon bo‘ldilar.

Universtet talabalari mehmonlarga rus, ingliz, turk tillarida tarjimonlik qilishdi. Subat mavzulari asosan ta’lim tizimi, xalqaro tajribalar, media va jurnalistikaga aloqador bo‘lib, juda qizg‘in tarzda kechdi.

Bo'lishmoq: