06.03.2023 478

Stipendiantlar aniqlandi

Xabaringiz bor 2023-yil 24-fevralda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ta'sis etilgan Ozod Sharofiddinov nomidagi stipendiyaga nomzodlarning savol-javob ko'rinishidagi bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Bugun ushbu stipendiyaga loyiq deb topilgan 3 nafar talaba universitet kengashining navbatdagi majlisida universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja tomonidan stipendiantlik guvohnomasi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Stipendiyaga loyiq deb topilganlar:
1. Raimjonova Shoxsanam Qudratjon qizi — Bosma OAV jurnalistikasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi;
2. Abdurayimova Mashhura Alimardon qizi — Bosma OAV jurnalistikasi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
3. To‘lanboyeva Shaxnoza Tolibjon qizi — Sport jurnalistikasi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.

Stipendiantlarni universitet jamoasi nomidan chin dildan qutlab, talabalarimizga kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Bo'lishmoq: