13.10.2022 1412

Stipendiya qachon beriladi?

Talabalarimizdan stipendiya borasida kelib tushayotgan ko‘plab savollar yuzasidan, rasman axborot berishni lozim topdik.

Stipendiya universitetda aslida har oyning 15-sanasigacha to‘lab beriladi. Biroq talabalar safiga qabul qilish buyruqlari kechikkani, Hemis va Uzasbo dasturlari bilan integratsiya jarayoni to‘liq yakunlanmagani bois, sentabr oyi stipendiyasi kechikmoqda.

Davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun stipendiyalar bazani shakllantirish to‘liq yakunlangach to‘lab beriladi. Shartnoma asosida tahsil oluvchi talabalar uchun esa stipendiya shartnoma pulining 25% ni to‘laganlaridan so‘ng tushirib berilishini ma’lum qilamiz.

Shartnoma mablag‘ini to‘lamagan talabalar to‘lovni amalga oshirganlaridan keyingina stipendiya olishlari mumkin bo‘ladi.

Bo'lishmoq: