Yaqinda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Qirg‘iziston "Kabar" axborot agentligining rahbari, Taabaldiyev Kubanichbek Abdimenovich tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki tomon axborot agentliglarning hozirgi vaqtdagi o‘rni haqida suhbatlashishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Kabar" - Qirg‘izistonning rasmiy axborot agentligi.
Agentlik 1937 yilda KyrTAG nomi bilan tashkil etilgan. 1992 yilda Qirg‘izKabar deb nomlangan. Uch yildan so‘ng u Qirg‘iziston telekommunikatsiya va axborot ma‘muriyati milliy agentligi deb nomlandi. 2001 yilda esa Qirg‘iziston Milliy Axborot Agentligi nomini oldi.
Universitetning faxriy mehmonlar kitobida esa Kubanichbek Abdimenovich quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:
Hurmatli Jurnalistika Universitetining hodimlari!
Markaziy Osiyodagi yagona bo‘lgan universitetga tashrifim menda ko‘plab yorqin taasurotlar qoldirdi! Universitetingizning kelajagi va uning O‘zbekiston rivojiga qo'shadigan hissasida aminman!
Yosh jurnalistlarni mamlakatingiz farovonligi va kelajagi uchun tayyorlashda universitetingizga muvaffaqiyatlar tilayman!
Hurmat ila,
Qirg‘izistonning "Kabar" agentligi direktori
Taabaldiev Kubanichbek.