27.09.2021 493

Tabaqalashtirilgan to'lov-shartnomalarini onlayn taqdim etish axborot tizimi

Xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan talabgorlar DIQQATIGA!

Endi xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan transfer.dtm.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish hamda shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

Talabgorlar onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida ushbu video yo‘riqnoma orqali batafsil bilib olishlari mumkin.

Bo'lishmoq: