O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti Jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan universitet Sirtqi bo‘lim talabalariga “Toshkent botanika bog‘i”da qiziqarli dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Kreativ dars mashg‘uloti davomida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan bog‘ hududidagi noyob o‘simliklar tarixi o‘rganilib, ular haqida qiziqarli foto, video materiallar tayyorlandi.
Ijodiy ishlar talabalarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilindi. Bundan tashqari, talabalar tashabbusi bilan bog‘ landshaftidagi chiqindilar tozalandi.