04.01.2022 434

Tabriklaymiz!

Taniqli jurnalist, yozuvchi, tarjimon, ko’plab jurnalist va huquqshunoslar uchun ustoz bo’lgan Karim Bahriyev 60 yoshga to’ldi!
 
2-yanvar kuni O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Media nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o’qituvchisi, mashhur siyosiy jurnalist, ko’plab asarlar muallifi Karim Hakimovich Bahriyev o’zining 60 yillik yubileyini nishonladi.
 
Karim Bahriyev 1962-yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tavallud topgan. Siyosiy jurnalist, tarjimon, yozuvchi sifatida ijod qilgan Karim Hakimovichning “Sabr kosasining siniqlari“, “Tomchidil“ she’riy kitoblari, “Demokratiya va inson huquqlari“, “Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyati“, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari“ nomli oʻzbek tilidagi ilmiy-ommabop kitoblari, “OAV va saylovlar“ hamda “СМИ и выборы“ nomli oʻzbek va rus tilidagi qo’llanmalari, “Soʻz erkinligi haqida soʻz“ nomli oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi siyosiy-ijtimoiy kitoblari va qator tanqidiy-tahliliy maqolalari chop etilib, o’quvchilarga yetib borgan.
 
Shuningdek, Karim Seneka, Platon, Volter, Monten, Paskal, Vovenarg, Laroshfuko, Labryuyerning falsafiy asarlarini, jahon xalqlari hikmatlarini, Genri Fordning “Mening hayotim“, Jorj Oruelning “1984“ va “Molxona“ romanlarini va Malkolm Gladuelning “Daholar va uddaburonlar“ asarlarini, Chingiz Aytmatov, Dino Bussati, Jovanni Papini, Korrado Alvaro, Marchello Venturi hikoyalarini, uygʻur shoiri Temur Davomatning sheʼriy kitobi, ozar shoiri Romiz Ravshanning she’r va dostonlarini, A.Avtorxonovning “Kreml saltanati“ kitobini tarjima qilgan.
 
1992-yil, 2006-yil va 2011-yillarda “Mustaqillik“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.
 
O’zbek jurnalistikasi va xalqiga fidokorlik bilan xizmat qilib kelayotgan jurnalist va ko’plab talabalarning qadrli Ustozi Karim Bahriyevni O’zJOKU jamoasi nomidan tavallud ayyomlari bilan chin dildan muborakbod etamiz!Ularga sihat salomatlik, oilaviy hotirjamlik va kelgusi ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Bo'lishmoq: