Avvalgi hafta yaxshi yangiliklarga boy bo‘ldi!
Jumladan, 4-noyabr kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Teleradio va xalqaro jurnalistika” kafedrasi dotsenti Allambergenova Perxan Qudaybergenovna Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan Jurnalist ayollar kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga aʼzolikka qabul qilindi!
5-noyabr kuni esa O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti“Media nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professori Qo‘ziyev Tursunali Karimjonovich O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga rahbar etib tayinlandi!
Universitetimiz professor-o‘qituvchilarini e’tirof bilan chin dildan qutlagan holda, ularga sog‘lik va kelgusi faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilab qolamiz! Universitet jamoasi vakillarining bu kabi e’tiborga sazovor bo‘lishlari biz uchun ham katta muvaffaqiyatdir!