01.02.2022 624

Tabriklaymiz!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor, Xalqaro press-klub raisi, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li Qudratxo‘ja EOAVMA boshqaruv kengashi raisi lavozimiga saylandi.

Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li:
2019 y. - “Oltin qalam” milliy mukofoti Gran–pri sovrindori;
2019 y. - “Mexnat shuxrati” ordeni sohibi;
2020 y. - “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni;
2020 y. - Qozog‘iston Respublikasining “Abay” medali sohibi.

Professor Sherzodxon Qudratxo‘ja professional jurnalist, yaxshi ustoz, talabchan rahbar va barcha faoliyat olib borgan jamoalarida katta hurmatga sazovor bo‘lib kelayotgan insondir.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘lini ushbu lavozim bilan samimiy qutlagan holda, ushbu mas’uliyatli vazifani bajarishda kuch-quvvat va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qoladi.

Bo'lishmoq: