01.11.2021 523

Tabriklaymiz

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kuchli notiq yoshlarni kashf etib, nutq madaniyatini rivojlantirish bilan birga o‘zbek tilining nufuzini oshirish maqsadida e’lon qilingan “Muammo, yechim, natija” notiqlik tanlovida 10 nafar yoshlar g‘olib deb topildi.

Quvonarlisi g‘oliblar orasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari ham bo‘lib, faxrli birinchi o‘rinni universitet 3-bosqich talabasi Charos Shodmonqulova qo‘lgan kiritgan.

Shuningdek, tanlovda universitet sitqi bo‘limi 1-bosqich talabasi Sardorbek Isroilov ham ishtirok etib, kuchli o’nlikning 7-pog‘onasidan o‘rin egallagan.

G‘olib bo‘lgan talabalarimizni universitet nomidan chin dildan qutlab, kelgusi faoliyatlarida bundanda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: