25.04.2022 371

Tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Ozod Sharofiddinov nomli maxsus stipendiyaning sohibasi taqdirlandi.

Xabaringiz bor, O‘zJOKUda Ozod Sharofiddinov nomli maxsus stipendiya ta’sis etilgan edi. Bugun ushbu stipendiyaning g‘olibi - Harbiy jurnalistika yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi Nilufar Aliyeva universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja tomonidan stipendiantlik guvohnomasi va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Endilikda Nilufar Aliyeva bir o‘quv semestri davomida stipentiant sifatida 1 207 461 so‘m miqdorida stipendiya oladi.

Nilufar Aliyevani universitet jamoasi nomidan chin dildan qutlab, talabamizga kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Bo'lishmoq: