06.12.2022 320

Tabriklaymiz!

Bugun Turizm va madaniy meros vazirligida tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 30 yilligi esdalik nishoni” bilan taqdirlash marosimida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ham ushbu nishon bilan taqdirlandilar.

Esdalik nishonini professorga O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov topshirdi.

Ustoz Sherzodxon Qudratxo‘jani universitet jamoasi nomidan bugungi e’tirof bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Bo'lishmoq: