13.11.2021 417

Tabriklaymiz!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti “Teleradio va xalqaro jurnalistika” kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ilmira Rahmatullayeva mudir etib tayinlandi.

Ancha yillar davomida o‘zbek televideniyasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan jurnalist Ilmira Rahmatullayeva O‘zJOKUda ham bir necha yildan buyon yosh telejurnalistlarga dars berib kelayotgan edilar.

Ilmira Rahmatullayeva ushbu kafedrani ham ilmiy ham amaliy jihatdan yuksak darajalarga olib chiqa olishlariga ishongan holda, ularga boshlagan faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Bo'lishmoq: