Bugun Xalqaro Westmister Universitetida universitetlar yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha mas’ullar va tyutorlar uchun katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zJOKU nomidan universitet xotin-qizlar kengashi raisi Nafisa Tursunova hamda universitet tyutorlari vakili Botirali Muhamadaliyev ishtirok etdilar. Unda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish va bu jarayonning bitiruvchilar raqobatbardoshligini oshirishdagi roli, OTMdagi ta’lim muhiti, talabalarning shaxsiy va nisbiy rivojlanish omili, talabalarning ilmiy faoliyatini shakllantirishda universitetning o‘rni kabi mavzularda mutaxassislardan ma’ruzalar tinglandi.