16.11.2021 426

Talabalar kuniga rektor tuhfasi

Ertaga talabalar kuni, bizda esa bu bayram avvalgi haftadayoq boshlanib ulgurgan.

O‘zJOKU da avvalgi hafta oxirida “Butunjahon talabalar” kuni munosabati bilan “Nozanin” dutorchi qizlar ansambli ishtirokida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsertni universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ochib berib, so‘zni ansambl asoschisi, O‘zbekistonning Ukrainadagi sobiq elchisi Alisher Abdualiyevga berdi. Mehmon “Nozanin” dutorchi qizlar ansambli tashkil etilish tarixi va hozirgi kundagi faoliyatiga to‘xtalib, ushbu san’at turining ixlosmandlari universitetda talaygina ekanidan mamnunligini ta’kidlab o‘tdi. So‘z oxirida Alisher Abdualiyev universitet rektoriga mashhur rus yozuvchisi Mixail Bulgakov qalamiga mansub “It yurak” asarining oz nusxada chiqarilgan, yozuvchining o‘z qo‘li bilan bitilgan qayd yozuvlari bor bo‘lgan noyob nusxasini sovg‘a qildi.

Toza havoda, ochiq osmon ostida o‘tkazilgan “Open air” konsert dasturi yilg‘ilganlarda yaxshi kayfiyat va albatta, unutilmas taassurot qoldirganiga shubhamiz yo‘q.

Bo'lishmoq: