Hurmatli talabalar!
Yodingizda bo‘lsa, yaqinda O'zJOKU universiteti rektori talabalar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Uchrashuvda SMM yo‘nalishi bo‘yicha universitetda kichik markaz tashkil etishni rejalashtirgan edik.
Yaqin orada “Talabalar press-klubi” ijod maydoni yaratilishi haqida ma’lumot bermoqchimiz. Unda SMM, kopirayting, veb-dizayn va boshqa SMMga oid instrumentlarga o‘qitiladi. Keyin esa, talabalar olgan bilimlarini amalda ko‘rsatishadi: bir nechta loyihalarni olib, ularni yurguzishni boshlaydilar.
Biroq Talabalar press-klubiga kreativ firklaydigan, sardorlik fazilatlariga ega munosib talaba kerak. Sizning-cha, qaysi talaba ushbu nomzodga munosib? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!