Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga oʻzbek va rus tilidagi internet-portal Repost.uz sayti vakillari, "Oʻzbekistonning tezkor yangiliklari" shiori ostida ishga tushirilgan nashr bosh muharriri Farhod Toʻshpolatov keldi.
Uchrashuvda talabalarning ushbu internet-nashrida amaliyot va stajirovka oʻtashlari boʻyicha ma'lumot berishdi. Yakunda O'zJOKU va Repost.uz oʻrtasida ikki tomonlama shartnoma imzolandi.