22.02.2024 155

Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar uchun davra suhbati tashkil etildi

Bugun O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Talabalar turar joyida talabalari uchun faollar zalida davra suhbati tashkil etildi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sarjarbek Rashidov so'z avvalida talaba yoshlarning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalish, tahsil olayotgan yo'nalishlariga oid bilim olishlari yuzasidan zaruriy tavsiyalarini berdi.

Talabalar tomonidan ARM (Axborot resurs markazi) ish vaqtini 21:00 ga qadar belgilash yuzasidan taklifini inobatga olib, bu bo'yicha tez orada chora-tadbir ishlab chiqish belgilandi.

Bo'lishmoq: