24.02.2023 429

Talabalar uchun qulaylik

Bugun universitetda grand hamda to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar uchun SQB (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB - O‘zbekistondagi eng katta tijorat banki) xodimlari talabalarning plastik kartalariga turli xil qulaylik o‘rnatishda ko‘mak berish maqsadida mehmon bo‘lishdi.

SQBning “Google play” hamda “App store” da mavjud bo‘lgan bank ilovasi “JOYDA”ning qulayliklari va pul o‘tkazmalarining SQB kartalari orasida - 0%, Boshqa banklarning HUMO va UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalari uchun atigi 0,35% komissiya olib qolinishi yuzasidan ma’lumot berishdi.

Bo'lishmoq: