02.10.2023 421

Talabalar xitoy tilini bepul o‘rganadi

Xitoy media korporatsiyasining Kino va teleko‘rsatuvlarni tarjima qilish va ishlab chiqarish markazi direktori Van Lu boshchiligidagi delegatsiya O‘zJOKUda bo‘lishdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama takliflar muhokama qilindi. Xitoy tili kurslarini tashkil etishga kelishib olindi. Bu yil til kursi onlayn tarzda o‘qitiladi. Keyingi oʻquv yilidan boshlab 2 nafar xitoylik, talablarga xitoy tilini offlayn rejimda oʻrgatadilar.

Bundan tashqari, Xitoy tomonidan xitoy tilini o‘rganish uchun lingafon xonasi tashkil etiladi va to‘liq jihozlanadi.

Bo'lishmoq: