14.06.2023 681

Talabamiz AQShda!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti Harbiy jurnalistika yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Abror Poyonov Xalqaro Meridian markazi “CAMEX” (Markaziy Osiyo Media almashinuvi) dasturi asosida O‘zbekiston nomidan ishtirok etish uchun Vashingtonga jo‘nab ketgan edi. U 12 kun davomida AQSHning bir necha shtatlarida bo‘lib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistonlik boshqa hamkasblari qatorida xalqaro darajadagi media almashinuv jarayonlarini yoritib boradi.

Abror Poyonovning kelajakdagi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Bo'lishmoq: