Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev mehmon bo‘ldi.
Ayni kunlarda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ishchi guruhi tomonidan tanqidiy tahliliy o‘rganishlar olib borilayotgani ma’lum qilingan edi.
O‘zJOKU ning e’tiborga molik hududlari, teleradio studiyalari, mobil muzeylari va dars jarayonlari bilan tanishgan Ulug’bek Tashkenbayev universitet professor o‘qituvchilari bilan ta’lim mazmunini boyitish va zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha ham fikr almashdi.
Shuningdek, mazkur oliy ta’lim muassasasining reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilash, ilmiy salohiyatini oshirish, dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha rejalari bilan qiziqdi.