Bugun O‘zJOKU da talabalar uchun e’lon qilingan “Xalq va armiya - bir tanu jondir” video roliklar tanloviga kelib tushgan materiallarni hay’at a’zolari tomonidan baholash jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Materiallarning aksariyat qismida kamchiliklar ko‘zga tashlangan bo‘lsada, talabalarning ishlari bir-biridan qiziq va ajoyib tarzda ishlanganiga guvoh bo‘ldik.
Hay’at a’zolari katta ishtiyoq va adolat bilan barcha ishlarni boshdan oxirga qadar baholab chiqishdi.
Tanlovning boshqa nominatsiyalari bo‘yicha ham materiallarni ko‘zdan kechirish va baholash jarayoni davom etmoqda. Kelib tushgan materiallar soni ko‘pligini inobatga olib, ularni baholashda yuzakilikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida barcha ishlar shoshilmay, adolat bilan ko‘rib chiqilmoqda.
Tanlovning yakuniy natijalari 1-fevral kuni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimizda e’lon qilinadi!