12.06.2020 1336

Tanlov natijalari e’lon qilindi

Aziz talabalar! "Mening universitetim" tanlovi g‘oliblarini e’lon qilishdan mamnunmiz.

Avvalo, tanlovga yuborilgan barcha ishlar e’tiborga loyiq ekanini ta’kidlash kerak. Universitet tomonidan tuzilgan komissiyaning xulosalariga ko‘ra talabalarimizning har bir ishi o‘ziga xos ularda Universitet hayoti, ta’lim dargohimizning muhiti, talabadan professional jurnalistga aylanganingizdagi universitetning o‘rni shu qadar ta’sirli ochib berilganki, bir ishni ikkinchisidan ustun qo‘yish qiyin kechdi. Har bir ishda ijodiy yondashishga harakat qilingan. Buning uchun sizlarga alohida rahmat! Ayrim ishlardagi kamchiliklarni va soddalikni inobatga olmaganda komissiya tomonidan barcha ishlar e’tiborga molik deb topildi.

Shu sababdan, "Mening universitetim" ijodiy ishlar tanlovida ishtirok etgan mualliflarning ruxsati bilan Universitet ikki yilligiga bag‘ishlab "Mening universitetim" nomli to‘plamini nashr etishga qaror qilindi. Zero, har bir yozilgan ijodiy ish talabalarimizning Universitet sari uzoq va mashaqqatli yo‘lini, bu yerdagi o‘qish jarayonini, eng asosiysi talabalarimizning professional jurnalist bo‘lish sari harakatlarini aks ettiradi. O‘ylaymizki, bu Universitet tug‘ilgan kuni uchun esdalik, har bir muallif uchun esa ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

G‘oliblarimizni esa shu bugun e’lon qilamiz! Ballar taqsimotiga ko‘ra quyidagi talabalar sovrinli o‘rinlarga loyiq deb topildi:

1-o‘rin: Oqboyeva Mushtariy, 1-kurs (1 000 000 so‘m mukofoti);

2-o‘rin: Mahmudxodjayeva Kamola, 2-kurs, rus guruhi (750 000 so‘m mukofoti);

3-o‘rin: ikki nafar talaba - Mardonov Jahongir 2-kurs (500 000 so‘m mukofoti) va Abdusamatova Madina 2-kurs (500 000 so‘m mukofoti)

Bo'lishmoq: