26.05.2022 522

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodzon Qudratxo‘ja tavallud topgan kun.

Sherzodxon Qudratxo‘ja uzoq yillardan buyon jurnalistika sohasida samarali mehnat qilib, katta yutuqlarga erishgan, tajribali jurnalist, siyosatshunos olim, o‘tkir analitik, so‘z va fikr erkinligining himoyachisi sifatida mamlakatimizda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shaxsdir.

Universitet tashkil topgan ilk kundanoq o‘zining takrorlanmas g‘oyalari bilan O‘zJOKU nomini oliy ta’lim sohasida yuksak pog‘onalarga olib chiqa olgan, kreativ rahbar, yosh jurnalistlar uchun hech narsadan erinmay kasb sirlarini o‘rgatishga kirishgan jonkuyar ustozdir.

Bugun universitet o‘zining ilk qaldirg‘ochlarini ko‘z-ko‘z qilayotgan kunlarda Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘lining bu jarayondagi mehnatlarini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q.

O‘zJOKU jamoasi nomidan bugungi tavvallud ayyom bilan Ustoz Sherzodxon Qudratxo‘jani muborakbod etamiz. Ularga sog‘lik salomatlik, ko‘plab g‘oyalarining amalga tadbiqini, ijod olamida yanada yuksak parvozlarni tilab qolamiz!

Xalqaro press-klub asoschisi, O‘zbekiston milliy media assosiasiyasi Boshqaruv kengashuv raisi, siyosiy fanlar nomzodi, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, “Oltin qalam” Milliy mukofoti Gran-pri sovrindori, “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni sohibi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi a’zosi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, Maktabgacha ta’lim vazirligi jamoatchilik kengashi a’zosi, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi, Xalqaro kurash assosiasiyasi vitse-prezidenti, BMB Kuzatuv Kengashi a’zosi hamda O‘zbekiston – Gretsiya do‘stlik jamiyati boshqaruvi Kengashi a’zosi Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li Qudratxo‘jaga ushbu mas’uliyatli lavozimlarida kuch-quvvat tilagan holda, doim xalq ardog‘ida bo‘lishlarini, mehnatlari samaridan yuzlari doim yorug‘ bo‘lishini istab qolamiz!

Bo'lishmoq: