27.04.2021 66

Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 27-apreldagi buyrug‘i bilan Ruftullo Olimdjonovich Nigmatov O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Ruftullo Nigmatov 1981-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Chirchiq oliy qo‘mondon-muhandislik bilim yurti (2002-yil) va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi (2011-yil)ni tamomlagan.

Harbiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Shu kunga qadar O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi boshlig‘i, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Bo'lishmoq: