27.09.2020 846

Ta’ziya

2020-yilning 26-sentyabr kuni mahoratli jurnalist, “Oʻzbekiston 24” telekanali bosh muharriri Muhammadnozim Mavlonov vafot etdi. Muhammadnozim Mavlonov 1964-yil 6-mart kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tugʻilgan.

Jurnalist uzoq yillar “Axborot” direksiyasida faoliyat olib borgan va turli mavzulardagi dolzarb reportajlar tayyorlagan. 1999-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Ayniqsa, ijodkorning haj mavsumida Saudiya Arabistonidan tayyorlagan turkum lavhalari mashhur va koʻplab odamlar eʼtiborini qozongan.

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdarlik bildiradi.

Bo'lishmoq: