26.01.2022 459

Ta’ziya

Bugun O‘zbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, taniqli dramaturg, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Sharof Boshbekov olamdan o‘tdi.

Yozuvchi o‘z ijodini 1980-yilda “Taqdir eshigi” nomli komediya bilan boshlagan. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi o‘zbek dramaturgiyasi xazinasini boyitdi. Barchaga tanish bo‘lgan, sevimli “Temir xotin” komediyasi nafaqat respublikamiz, balki boshqa mamlakatlar teatrlarida ham sahnaga qo‘yilgan.

Sharof Boshbekovning taniqli asarlari sirasiga “Yuzsiz”, “Masxaraboz” “Farhod va Shirin” filmlari ssenariylari hamda rejessiyorlik ishlarini, barcha uchun qadrdon va taniqli bo‘lgan “Charxpalak” teleseriali ssenariysini ham kiritish mumkin. Bir necha o‘nlab filmlarga ssenariy va motivlar yozgan yozuvchining ko‘plab kitoblari, to‘plamlari ham nashr etilgan.

Yozuvchi 1996-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, 2001-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan edi.

Marhumning yaqinlari, oila a’zolari va shogirdlariga O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi nomidan chuqur ta’ziyamizni izhor etamiz.

Bo'lishmoq: