O‘zbekiston musulmonlar idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etdi. Bu haqida bugun Musulmonlar idorasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra muftiy shu kunlarda Moskvada o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha davolanayotgan edilar.
Bu og’ir judolik munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori va butun jamoasi nomidan dinimizning asl fidoyisi, muftiy janoblarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziyamizni izhor qilamiz!