Bevaqt o‘lim bugun oramizdan yana bir iqtidorli hamkasbimizni olib ketdi.
Ijtimoiy tarmoqlar “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri, mahoratli jurnalist Saidjon Maxsumovning fojiali o‘limi haqidagi xabardan larzaga keldi. Saidjon Maxsumov yoshligining eng gullagan payti, 36 yoshida bu olamni tark etdi.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektorati, professor-o‘qituvchilar jamoasi universitetning tayanch doktoranti Sadoqat Maxsumova va axborot xizmatlari va PR fakultetining 4-kurs iqtidorli talabasi Risolat Maxsumovalarga akalari Saidjon Maxsumovning olamdan o‘tgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.
Marhumning oila-a’zolari va yaqinlariga, jamoadoshlariga, uni bilgan va qadrlaganlarga sabr tilaymiz.