26.07.2021 745

Ta’ziya

Respublika Oliy ta’lim Kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Umurzakov O‘ktam Pardaevichni ilm ahli ichida tanimaydigan odam bo‘lmasa kerak. 

Shu yilning 3-may kuni universitetimizga kelgan edilar. O‘quv jarayonlari va yangi talabalar turar joyi bilan tanishdilar. Universitetimizga ajib bir quvonch bilan qarab, “Yosh bo‘lishiga qaramasdan, juda chiroyli va o‘z imijiga ega universitet bo‘libdi. Menga ko‘p yangiliklar yoqdi. Bundanda yuksalaversin...”, deb duo qilgan edilar. 

Minglab shogirdlar tayyorlagan, ko‘plab olimlarga ilhom bergan, O‘zbekistonda yangi oliy o‘quv yurtini yaratayotgan zabardast olim boqiy olamga yo‘lga chiqdilar. 

Hayotingiz davomida qilgan barcha ezgu va savob ishlaringiz soyabon bo‘lsin, joyingiz Jannat — Firdavslaridan bo‘lsin! Oxiratingiz obod bo‘lsin! 

 

Sherzodxon Qudratxo‘ja va O‘zJOKU jamoasi.

 

Bo'lishmoq: