22.04.2024 94

TRT prodyuseri Sirdaryo haqida hujjatli film oladi

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 103 mamlakatda bo'lgan TRT hujjatli filmlar prodyuseri Metin Kalkavan mehmon bo'ldi.

Sirdaryo haqida hujjatli filmlar olishni rejalashtirgan prodyuser "Ajoyib hikoyalar" nomli serial bilan tanilgan. Turkiya xususiy telekanallari uchun 3700 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.

Metin Kalkavan uchrashuvda may oyida amalga oshirmoqchi bo'lgan loyihaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekistonga kelganini bildirdi.

Bo'lishmoq: