Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, masalnavis shoir va olim Muxtor Xudoyqulov tavvallud topgan kun.
Jurnalistika sohasida ta’lim olgan va shu sohada faoliyat olib boruvchi har bir inson professor Muxtor Xudoyqulovni yaxshi tanishadi, ular minglab talabalarga ustozlik qilganlar. Dorilfununda dars berish bilan birga bir necha o‘nlab kitoblar, hajviy to’plamlarni ham kitobxonlarga taqdim etganlar.
Bugun ustoz 84 yoshni qarshi oldilar! Shu munosabat bilan professor Muxtor Xudoyqulovni universitet jamoasi nomidan chin dildan qutlaymiz, ularga uzoq umr, sihat salomatlik va oilaviy hotirjamlik tilab qolamiz. Ijoddan, shogirdlarga bilim berishdan aslo to‘xtamang va charchamang deb qolamiz!