Kuni kecha Turkiyaning Istanbul shahrida turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirokida media-forumga start berildi.
Forumda O‘zbekiston, Ozarboyjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Shimoliy Kipr va Vengriyadan 500 ga yaqin axborot sohasi rasmiylari, tilshunos olimlar, diplomatik korpus va davlat idoralarining yuqori martabali mutasaddilari, jurnalistlar, talabalar ishtirok etmoqdalar.
Forumda xususan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetidan ham delegatsiya o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.
Quyida forumda ishtirok etayotgan O‘zJOKU dotsenti Nishonova Gulnora Usmonovnaning forum haqidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
Mazkur forum Turkiy davlatlar hamkorligi Kengashi tomonidan media sohasi vakillari uchun tashkil etilgan dastlabki tadbir bo‘lib, unda 500 ga yaqin media sohasi vakillari ishtirok etmoqdalar. Asosiy maqsad Turkiy davlatlarni jahon hamjamiyati qarshisida nufuzini ko‘tarish, turkiy millatlar muammolarini hamkorlikda hal etish rivojlanish imkoniyatlarini izlash. Media bu mushtarak masalalarni keng targ‘ib etish, eshlarga tushuntirishda eng tasirli vosita hisoblanishi etirof etildi.
Sohta xabarlarga birgalikda kurashish, media sohasida hamkorlik olib borish masalasi etakchi mavzulardan biri bo‘ldi.
O‘zbekiston Kengashning eng esh azosi bo‘lsada (2019 yil) O‘rta Osie madaniyati beshigi sifatida uning o‘rni alohida etirof etildi.
Taassurotlar, mushtarak qarashlar, o‘xshash dardlar ko‘p. Qardoshlar bilan o‘zaro o‘z milliy tilimizda gaplashdik. Bir-birimizni tushundik. Shu paytgacha ular bilan rus tilida gaplashganimiz g‘ayritabiiy tuyuldi. Birovning ko‘zoynagi vositasida bir birimizga qaragan ekanmiz…Qanchalik yaqinligimizni xis qilish uchun o‘zligimizni, o‘z tilimizni saqlashimiz muhim ekan xolos.