23.03.2023 493

Turkmaniston Fanlar akademiyasi tomonidan Xalqaro konferensiya

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Turkmaniston Fanlar akademiyasi tomonidan 2023-yil 12-13-iyun kunlari Ashxobod shahrida “Qudratli davlatning yangi Uyg‘onish davrida fan, texnika va innovatsion texnologiyalar” mavzusida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir onlayn va an’anaviy shaklda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro konferensiyada videokonferensiya orqali ishtirok etish uchun dunyo davlatlaridan olimlar, fan doktorlari va nomzodlari, aspirantlar, ixtisoslashtirilgan mutaxassislar taklif etiladi. Konferensiyada ishtirok etuvchilarning ma’ruza tezislari qisqa sharxi bilan joriy yil 1-aprel kuniga qadar quyidagi elektron manzillariga yuborilishi kerak: conference.tkm.june2023@gmail.com yoki conference.tkm.june2023@sanly.tm

Tadbirning ishchi tili: turkman, rus va ingliz tillari.

Konferensiya to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan  www.science.gov.tmveb   sahifasi orqali tanishishingiz mumkin.

Bo'lishmoq: