Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank” ATIB, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli tanlov eʼlon qilinmoqda. Ushbu tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan “2020-yil – Ilm-maʼrifat va araqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi doirasida talabalar va tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish orqali ularda taʼlim va ilm-fanga qiziqishlarni yana-da oshirishga qaratilgan.
Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
– ajdodlar merosini oʻrganish va targʻib qilishda innovatsion yondashuv;
– oliy taʼlimda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun oʻquv jarayoni va metodikasini oʻzgartirish yoʻllari;
– yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noanʼanaviy usullari.
Tanlov toʻrt bosqichda boʻlib oʻtadi:
Birinchi bosqich - fakultet bosqichi;
Ikkinchi bosqich - oliy taʼlim muassasasi bosqichi;
Uchinchi bosqich – hududiy bosqich (10 ta hudud);
Toʻrtinchi bosqich – respublika yakuniy bosqichi.
Tanlov yiliga ikki marotaba, yanvar-mart va sentyabr-noyabr oylari davomida oʻtkaziladi.
Birinchi bosqich - 20-yanvarga va 20-sentyabrga qadar;
Ikkinchi bosqich - 20-fevral va 20-oktyabrga qadar;
Uchinchi bosqich - 5-martga va 5-noyabrga qadar;
Toʻrtinchi bosqich - 20-martga va 20-noyabrga qadar oʻtkaziladi.
Materiallaringizni pressservice.jmcu2018@gmail.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin!