30.11.2021 462

Ukraina elchisi O‘zJOKUda

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolay Doroshenko mehmon bo‘ldi.

Doroshenko O‘zJOKU rektori professor Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan universitetda yaratilgan bog‘dorchilik maskanlari, binolar, mobil muzeylar va boshqa qiziqarli obyektlarni tomosha qildi.

Shuningdek, mehmon talabalar bilan ham suhbatlashib, universitet bilan kelajakdagi istiqbolli rejalar haqida ham fikr almashdi.

Bo'lishmoq: