18.07.2023 264

Universitet Kengashining sayyor majlisi o‘z ishini boshlashini ma’lum qilamiz

Bugun 2023-yil 18-iyul soat 11:00 da O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Kengashining 2022/2023-o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan sayyor majlisi o‘z ishini boshlashini ma’lum qilamiz.

Majlis kun tartibidan:

1. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti besh yillik faoliyati bo‘yicha hisobot. Amalga oshirilgan ishlar hamda istiqbol rejalar;
2. 2022-2023-o‘quv yili o‘quv jarayonlari yakunlari hamda yangi o‘quv yili dasturi bo‘yicha.
3. O‘quv yili Ilmiy faoliyat yakunlari, xalqaro hamkorlik masalalari hamda xalqaro reytinglarda universitet nufuzini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar ko‘lami va oldindagi vazifalar to‘g‘risida.
4. Universitetda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat sohasida o‘tgan o‘quv yili doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot. Talabalar bilan ishlashning yangicha mexanizmlari bo‘yicha loyihalar va boshqa masalalar ko'rib chiqilishi o'rin olgan.

Bo'lishmoq: